Monografiyada Paxta tozalash agregatining arrachali seksiyasi konstruksiyasini takomillashtirish va hisoblash usullari keltirilgan. Nazariy tadqiqotlar asosiy diskretlash baraban tishli garniturasi tebranishlari aniqlangan. Tebranuvchi to'rli yuza sirti bo'ylab harakatlanayotgan paxta oqimini mayda iflosliklardan tozalashdagi normal bosim kuchini vaqt bo'yicha tebranishlar chastotasi va amplitudasiga bog'liqligi keltirilgan. Mashina agrigati uchun asosiy yechim paxta bo'lakchalarini iflosliklardan tozalashda qoziqchali baraban va tebranuvchi to'rli yuza yuzasidagi harakatlanuvchi paxta oqimidan mayda iflosliklardan samarali tozalashda tebranuvchi to'rli yuzaning ekstritsenteti qoziqchali barabanlarning burchak tezliklarini rasional qiymatlarini tanlash muxim axamiyat kasb etadi. Paxta bo'lakchalarini iflosliklardan samarali tozalashda paxta bo'lakchalariga ta'sir etuvchi parametrlar aniqlandi. Monografiya paxtani dastlabki ishlash texnik va texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha olimlar doktorantlar, izlanuvchilar, konstruktorlar, hamda bakalavriyat va magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
Noch keine Bewertungen vorhanden
Verfassen Sie die erste Bewertung zu diesem Artikel
Helfen Sie anderen Kundinnen und Kunden durch Ihre Meinung.