Oliy o'quv yurtlari 60220300 - Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha) mutaxassisligi bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan ushbu 'Harbiy san'at tarixi' darsligi Qadimgi dunyo va o`rta asrlar davri Sharq va Yevropa davlatlarida, Markaziy Osiyo va O`zbekistonda harbiy ish va harbiy san'at rivoji tarixini qamrab olgan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 'Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun o'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi'da ilgari surilgan talablarga mos ravishda tayyorlangan. Mazkur darslik mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umume'tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo'yicha innovatsiyalarni o'quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o'quv adabiyotlaridan farq qiladi. Darslik oqrali kitobxon turli tarixiy davrlarda Sharq va Yevropa davlatlarida, Markaziy Osiyo va O`zbekistonda harbiy san'at taraqqiyotining o`ziga xos jihatlarini bilib olishi mumkin.
Noch keine Bewertungen vorhanden
Verfassen Sie die erste Bewertung zu diesem Artikel
Helfen Sie anderen Kundinnen und Kunden durch Ihre Meinung.